Yuristlar uchun qo'llanma: Maqola qanday yoziladi?
Mijozlarga o'zingiz haqingizda ma'lumot berishning keng tarqalgan usullaridan biri huquqiy sohada maqolalar yozishdir. Yuridik.uz'da yuristlar o'zlari nomidan maqolalar e'lon qilishlari mumkin.
Yuridik.uzda maqola chop etishning afzalliklari:
- Har bir maqola ostida muallif ko'rsatilgan bo'lib, maqolani o'qigan foydalanuvchi sizning profilingziga tashrif buyurishi ehtimolligi katta;
- Maqolalaringiz sahifangizda yig'ilib boradi, har bir tashrif buyuruvchi osongina barcha maqolalaringizni ko'rishi mumkin;
- Fikringizni ko'proq auditoriyaga yetkazish imkoniyati (yuridik.uz ko'proq mijozlarga yetib borishi uchun reklama, SEO masalalarini hal qiladi).
Maqolalarga qo'yiladigan talablar
Yuridik.uzda chop etiladigan maqola quyidagi talablarga mos bo'lishi kerak:
- Maqola o'zbek yoki rus tilida bo'lishi;
- imlo va grammatik xatolarsiz bo'lishi;
- ommabop, keng aholi uchun mo'ljallangan bo'lishi;
- yangilik yoki xabarlar bo'lmasligi (yuridik.uz yangiliklar sayti emas, balki doim foydali bo'ladigan huquqiy ma'lumotlar uchun platforma)
Maqola qanday qo'shiladi?
Yangi maqola qo'shish uchun saytning yuqori o'ng burchagidagi ismingiz ustiga bosib, menyuni ochasiz:
Menu > Maqolalar > Yangi maqola
Maqolalar sahifasida barcha avvalgi maqolalaringizni ham ko'rishingiz mumkin.
Yangi maqola qo'shish uchun "Yangi maqola" tugmasini bosing. Shundan so'ng yangi maqola kiritish sahifasi paydo bo'ladi.
- Maqolaning mavzusi. Imkon qadar maqolani qamrab oladigan mavzu bo'lishiga harakat qiling. Masalan, "O'zbekiston fuqaroligini olish shartlari"
- Maqolaning qaysi huquq sohasiga oid ekanligini tanlang
- Rasm tanlang. Ushbu rasm maqolalar ro'yxatida ko'rsatiladi
- Tilni tanlang. Hozircha o'zbek yoki rus tillarida yozilgan maqolalargina qabul qilinadi
- Tegishli tegni belgilang. Agar maqolaga oid teg mavjud bo'lmasa yangi qo'shishingiz mumkin. Teglar maqolalarni saralash uchun ishlatiladi
- Maqola uchun muqaddima. Qisqaroq shklda maqola uchun muqaddima yozing, muqaddimani o'qigan o'quvchi mavzuni nima haqilagini to'la anglashi kerak.
Shundan so'ng maqolaning bo'limlarini kiritasiz. Har bir bo'lim, sarlavha va asosiy matndan iborat bo'ladi. Sarlavha imkon qadar qisqa bo'lsin, chunki har bir sarlavha maqolaning mundarijasini shakllantiradi.
Maqolaga istagancha bo'lim qo'shishingiz mumkin. Buning uchun "Yangi bo'lim qo'shish" (Добавить новую главу) tugmasini bosasiz.
Barcha bo'limlarni qo'shib bo'lgach "Saqlash va yuborish" tugmasini bosing, shundan so'ng maqolangiz sayt moderatorlariga ko'rib chiqish uchun yuboriladi. Odatda maqolalar 1-2 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
Diqqat!!!! Maqolani yuborishdan avval imlo xatolariga jiddiy e'tibor bering. yuborilgan maqolalarni qayta tahrir qilib bo'lmaydi!
Maqolalar 3 xil statusda bo'lishi mumkin:
Chop qilingan - maqola sayt moderatsiyasidan o'tgan va saytda chop etilgan.
Ko'rib chiqilmoqda - maqola moderatsiyada. Hali chop etilmagan.
Rad qilingan - maqola talablarga javob bermagani bois rad qilingan. Odatda maqolalar rad qilinganda sayt moderatori sizga bog'lanadi. Xabarlarni tekshirib ko'ring.
Namunaviy maqolalar
Quyidagi maqolalardan namuna sifatida foydalanishingiz mumkin:
- https://yuridik.uz/blogs/38
- https://yuridik.uz/blogs/10
- https://yuridik.uz/blogs/1
- https://yuridik.uz/blogs/17
Agar savollaringiz bo'lsa yoki biror muammoga duch kelsangiz support@yuridik.uz emailiga yoki telegramdagi @yuridikuzbot yoki @khamidulla akkauntiga yozishingiz ham mumkin.