October 11, 2020
Yuridik.uz saytida yangilanishlar
Saytimizni barcha foydalanuvchilar uchun qulay qilish maqsadida bir qancha o'zgarishlarni amalga oshirdik.
Asosiy yangilanishlar:
- To'lovlar tarixi. Endilikda pulli xizmatlar uchun to'lovlar tarixini ko'rishingiz mumkin. Bu hisobingizdagi pul nimalarga sarflanganligini bilishda qo'l keladi;
- Plastik karta orqali to'lov. Ko'pchilik foydalanuvchilar tomonidan pulli savollar uchun to'lov to'lash jarayonida muammolar kuzatilganligi sababli to'lov tizimini qayta ishlab chiqdik. Bundan buyon O'zbekiston Respublikasida foydalanishda bo'lgan barcha turdagi plastik kartalar bilan to'lov to'lashingiz mumkin;
- Savollarga qo'shimcha kiritish. Savolga advokatning javobidan keyin sizda yana savol paydo bo'lsa yoki savol berib bo'lgach yana nimadir qo'shmoqchi bo'lsangiz, endi savollarga qo'shimcha qo'shishingiz mumkin. Buning uchun savol sahifasidagi "Qo'shimcha" tugmasini bossangiz kifoya;
- Baholash. Ko'rsatilgan xizmatni baholash tizimini optimallashtirdik, endilikda siz advokatning har bir javobiga "like/dislike" tugmalari orqali munosabatingizni bildirishingiz, savolga javob olganingizdan so'ng xizmatni baholashingiz mumkin;
- Advokatlik xizmati uchun buyurtma. Advokatning javobidan so'ng sizda advokat xizmatidan foydalanish fikri paydo bo'lsa savolni baholash jarayonida "Advokat kerakmi?" savoliga "Ha" deb javob bersangiz kifoya. Mutaxassislarimiz sizga qisqa vaqt ichida bog'lanadilar.
Bundan tashqari, oxirgi o'zgarishlarni hisobga olib, tez kunda Android telefonlar uchun ilovamizning yangi versiyasi, IOS (iPhone) tizimidagi telefonlar uchun yangi ilovamiz ham e'lon qilinadi.
Savol va takliflaringiz bormi? Sizning fikringiz biz uchun juda muhim. Biz bilan quyidagi vositalar orqali bog'lanishingiz mumkin:
Email: support@yuridik.uz
Telegram: @yuridikuzbot
Telefon: +998998373777
Yuridik.uz - Sizning advokatingiz! Har bir qarorni mutaxassis maslahati bilan amalga oshiring. Bugungi yuridik konsulatsiya kelajakdagi katta miqdordagi zarardan saqlab qolishi mumkin.