June 13, 2020

Yuristga savolingiz bormi?

Hayotimiz davomida deyarli har kuni qandaydir yuridik muammolarga duch kelamiz: ijara shartnomasi, nikoh, meros, mehnat shartnomasi va hokazolar ....

Vaqt o'tib o'ylanmasdan qilgan qarorimiz qimmatga tushmasligi uchun har bir masalani mutaxassis bilan maslahatlashish muhim. Ammo ...

  • har doim advokatni qayerdan topamiz?
  • bir advokat barcha savollarga javob beraolmasligi mumkin!
  • advokat xizmati juda qimmat.
  • har doim advokat ofisiga borishga vaqt yo'q

Ushbu muammolarni hal qilish uchun Yuridik.uz - onlayn yuridik xizmatlar platformasini ishga tushirdik.

Yuridik.uz - Sizga uyingizni tark etmasdan turib, ma’lum holat yuzasidan bir qancha huquqshunoslarning fikri va maslahatini olish, yuridik xizmatlardan onlayn foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu SIZNING SHAXSIY ADVOKATINGIZ!


Nega aynan yuridik.uzdan foydalanish kerak?

Onlayn yuridik xizmatlarni ko'rsatadigan xizmatlar soni ko'p. Har qanday kishida nega boshqalardan emas, yuridik.uzdan foydalanishim kerak degan savol bo'lishi tabiiy. Sizni aynan yuridik.uzning farqli jihatlari bilan tanishtirmoqchimiz:

1. Bir qancha advokatlar fikri

Yuridik.uz orqali savol advokatlar va yuristlarning umumiy lentasida e'lon qilinadi. Buni barcha O'zbekiston advokat va yuristlarini bir xonaga yig'ib ularning barchasiga qarata bir savol berish bilan qiyoslash mumkin.
Natijada sizda bir savol yuzasidan bir qancha mutaxassis fikrini bilasiz. Yuridik sohada bir masalaga bir qancha yechimlar bo'lishi tabiiy. Siz esa barcha ehtimoliy variantlarni bilib olasiz.

Namuna savol: https://yuridik.uz/q/5026

2. Amaliyotga asoslangan konsultatsiya

Shifokor bo'lsa-da, tish shifokori qon-tomir kasalliklarini muloaja qilaolmaydi. Yuridik sohada ham shunday. Qonunlar ko'p, bir mutaxassis hammasini o'rganib chiqishi mushkul. Qolaversa biror normativ hujjatning amaliyotida qo'llanilishini faqat tajriba orqali bilish mumkin.
Yuridik.uz orqali savol yoki telefon konsulatsiya uchun so'rov qoldirganingizda savolingiz loyihada ishtirok etayotgan yurist va advokatlarning barchasiga ko'rinadi.
Natijada esa faqat shu vaziyat bo'yicha amaliy tajribaga ega kishidan javob beriladi.

☝️ Boshqa ko'p loyihalar singari yuridik.uzda faqat 3-4 yurist hamma savollarga javob bermaydi.

Qolaversa beriladigan javoblarda mutaxassislarimiz faqatgina normativ hujjatda nima yozilganligini aytish bilan cheklanmaydi, balki amaliy tavsiya ham beradi.

Namuna: https://yuridik.uz/q/5376

3. Advokat yollash imkoniyati

Savolingizga dastlabki javobni olgach, siz vaziyat yuzasidan advokat yordamiga ehtiyoj bor deb o'ylasangiz, shu yerning o'zida advokat yollashga buyurtma qoldirishingiz mumkin. Bunda sizga 2 yo'lni taklif qilamiz:

  • Ko'rsatilgan xizmatni "baholash" tugmasini bosing va baholash jarayoni "Sizga advokat kerakmi?" savoliga "Ha"ni belgilang. Biz sizning vaziyatingiz uchun eng optimal advokatni topib, sizga bog'lanamiz.
  • O'zingiz Advokatlar katalogi orqali turli o'zingizning vaziyatingizga mos filtrlardan foydalanib biror advokatni tanlang: https://yuridik.uz/lawyers

4. Professionallar faoliyat ko'rsatadi

Yuridik.uzda mavjud har bir mutaxassis, advokatning oliy yuridik ma'lumoti, litsenziyasi, ish tajribasi tekshirilgan. Siz ortiqcha shubhalarsiz saytdagi ma'lumotlarga ishonishingiz mumkin.

☝️ Boshqa ko'p loyihalardan farqi tarzda yuridik.uzda faqat oliy ma'lumoti tasdiqlangan huquqshunoslargagina ishlashga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari ma'lumotlar doimiy tekshirib turiladi, biror salbiy harakat qayd qilinganda mutaxassis bilan hamkorlik bekor qilinishi ko'rib chiqiladi.

5.