Qo'llanmalar
June 9, 2020

Advokatlar uchun qo'shimcha daromad imkoniyati

Advokatmisiz? Agar javobingiz "ha" bo'lsa, unda ushbu maqola siz uchun, ushbu maqolada bo'sh vaqtda qanday qilib qo'shimcha daromadga ega bo'lish haqida suhbatlashamiz.

Yandex.Taksi yoki ko'pgina Yevropa davlatlarida mavjud Uber taksi xizmati haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Unda ishlash mexanizmi oddiy - haydovchi bo'lish shart emas, ishdan bo'sh vaqtda bemalol ilovani yoqib qo'shimcha daromad topishingiz mumkin. Agar shunday xizmat yuridik sohada bo'lsachi? O'z sohangiz bo'yicha kuniga 1-2 soat vaqt sarflab, qo'shimcha 100-150 ming so'm daromad orttirish, bundan tashqari bu ishingiz orqali ilm-fan, texnologiyani qo'llab-quvvatlash, ko'pgina yordamga muhtoj insonlarga yordam berish qo'shilsa - har qanday advokat qo'llab quvvatlaydi, shunday emasmi?!

Yuridik.uz - mana shunday imkoniyatni beradigan onlayn yuridik xizmat ko'rsatish portalidir. Biz 3 yil davomida 3 marta websaytimizni qaytadan ishlab chiqdik, xatolardan o'rgandek, so'rovnomalar o'tkazdik, sinab ko'rdik: yuzlab savol-javoblar, to'lovlar, minglab foydalanuvchilar ... - va hozirda yangi yuridik.uz sayti vujudga keldi.

Advokatlar yuridik.uz orqali:

  • Mijozlarning savollariga javob berish orqali daromad olish;
  • Yangi mijozlar;
  • Maqolalarni o'z muallifligingizni saqlagan holatda butundunyoga taqdim etish (biz haqiqiy - senzurasiz minbar bo’lish niyatidamiz);
  • Telefon orqali yuridik konsultatsiya ko'rsatish;
  • Yuridik hujjat tayyorlash bo'yicha tenderda qatnashish;
  • va boshqa imkoniyatlar;

* ishlab topilgan daromad advokatning plastik kartasiga o'tkazilishi mumkin. Batafsil ma'lumot uchun Ommaviy offerta shartlariga qarang.

Advokatlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

1. Pulli savollarga javob berish

Pulli savollarga javob berganingizda mijoz tomonidan to'langan pulning 70% advokat(larga) gonorar sifatida beriladi. Shuningdek, savol egasi sizga mijoz sifatida murojaat qilish ehtimolligini oshiradi

2. Bepul savollarga javob berish orqali tajriba to'plash, reputatsiyani oshirish

Barcha savollar turidan qat'i nazar mijoz tomonidan baholanadi. Savollarga javob berish orqali o'zingizni ko'rpoq mijozlarga tanitasiz. Bundan tashqari mijoz sahifangizda fikr qoldirishi mumkin. Bu fikr esa sahifangiz tashrif buyuruvchilarida sizga nisbatan ijobiy taassurot qoldiradi.

3. Telefon konsulatsiya

O'zingiz biladaign masala yuzasidan mijozlarga telefonda 15, 30 yoki 60 daqiqa davomida konsulatsiya berib, qo'shimcha daromad olishingiz mumkin.

4. Hujjatlar tayyorlash

Mijozlar tomonidan yuridik hujjat tayyorlash bo'yicha tenderda qatnashib, hujjat tayyorlash orqali qo'shimcha daromad ishlash mumkin.

5. Ommaviy sahifa orqali jamoatchilikka tanitish *

Har advokat uchun alohida ommaviy sahifa yaratilgan bo'lib, bu sahifada advokatlik faoliyatiga aloqador barcha ma'lumotlar jamlangan (manzil, ta'lim, rasmiy advokat belgisi, mijozlar fikrlari, qilingan ishlar, javob berilgan savollar va hkz). Bunday sahifaning mavjud bo'lishi sizni shaxsiy sayt tayyorlash muammosidan qutqaradi. Shuningdek, reklama qilish, sahifani ommalashtirish ham bizning zimmamizda. Sahifa vizitkada qo'shish uchun ham juda qulay. Masalan, https://yuridik.uz/shermatov

6. Premium a'zolik *

Yuridik.uzga yurist/advokat premium a'zo bo'lish orqali qo'shimcha afzalliklarga ega bo'lish mumkin. (Savol bergan mijoz aloqa ma'lumotlari, sahifani ko'proq ko'rsatish, mijozlar oqimi va hkz)

7. Oflayn mijoz jalb qilish xizmatlari

Faqat advokatlar uchun maxsus xizmat. Yuridik.uz bilan sayt faoliyatidan tashqari shartnoma imzolash orqali o'zingiz tajribali bo'lgan yo'nalishda mijozlar topishingiz mumkin. Xizmat pulli.

8. Chat orqali shaxsiy konsultatsiya *

Mijozlar sizga chat orqali bog'lanishlari mumkin. Chatda "Hujjat tayyrolab berish" yoki "Konsultatsiya" xizmatini pulli shaklda ko'rsatishingiz mumkin.

9. Mijoz aloqa ma'lumotlarini olish *

Biror savol egasiga o'zingizning advokatlik xizmatlaringizni taqdim etmoqchi bo'lsangiz, mijozning raqamini olishingiz mumkin. Xizmat pulli.

10. Oflayn xizmatlar *

Faqat advokatlar uchun maxsus xizmat. Agar shaxsiy konsultasiya natijasida oflayn xizmatga ehtiyoj bo'lsa (sudda ishtirok etish, vakillik qilish) Siz chatda mijozga "Kontaktlarni uzatish" tugmasi yordamida bog'lanish ma'lumotlaringizni berishingiz mumkin. Agar mijoz oxir-oqibat sizning ma'lumotingizga ko'ra xizmat uchun haq to'lasa, siz xizmat uchun komissiya to'lashingiz kerak bo'ladi. Ushbu xizmat uchun komissiya to'lovi advokatlik tuzilmasi va Yuridik.uz o'rtasida tuziladigan qo'shimcha shartnoma bilan belgilanadi.

11. Yuridik yordam yo'nalishida maqolalar chop etish

Muhim mavzuda maqola chop etish orqali shu maqolani o'qigan mijoz maqola muallifi bo'lgan advokat xizmatidan foydalanish ehtimoligi yuqori. Har bir maqolada muallif nomi to'liq saqlanadi. Muallif nomida advokat sahifasiga olib boruvchi maxsus havola qo'yiladi. (qaysi maqolani chop etish yoki etmaslik yuzasidan Yuridik.uz tahririyati izohsiz mustaqil qaror qabul qilinadi. Tahririyat chop etish rad etilganligi sababini aytish majburiyatini olmaydi)


Sizga ma'qulmi? Nimadan boshlash kerak?

1) Saytda telefon raqamingiz orqali “yurist” sifatida ro’yxatdan o’ting

1.1. Saytning o'ng yuqori burchak qismida joylashgan "odamcha" belgisi ustiga bosing (qidiruv belgisidan keyinda joylashgan):

1.2. Hosil bo'lgan sahifada telefon raqamingini kiritishingiz so'raladi, telefon raqamingini kiriting.

Unutmang! ushbu raqamingiz sizni identifikatsiya qilish maqsadida foydalaniladi. Mijozlarga raqamingiz tarqatilmaydi va sayt ma'muriyatigina ko'raoladi.

Tabriklaymiz, siz yuridik.uz saytida huquqshunos sifatida ro'yxatdan o'tdingiz. Bemalol yuridik savollarga javob berishingiz mumkin.

Savollar ro'yxatiga o'tish

Agarda advokat bo'lsangiz pullik xizmatlar ko'rsatishni boshlash uchun keyingi qadamlarni bajarish qoldi xolos.

2. O’zingiz haqingizda ma’lumot bering.

2.1. Shaxsiy sahifangizga kiring va barcha maydonlarni to’ldiring:

– o’zingiz haqingizda, shahringiz;

– o’rtacha 1 ish uchun xizmat haqqi;

– ixtisoslashuvingiz (ro’yxatdan 5 tadan ko’p tanlamang);

– yuridik ma’lumotingiz va ish tajriba;

Ma’lumotlar qanchalik to’liq bo’lsa, sayt foydalanuvchilari ko’proq murojaat qiladilar va ishonadilar.

2.2. Fotosur’at qo’shing
Shaxsiy sahifangizning "Sozlash" bo'limida Fotosurat joylash uchun maxsus bo'lim mavjud.

Advokat fotosur’ati quyidagi talablarga javob berishi kerak:

– sur’atda yakka o’zingiz bo’lishingiz (boshqa odamlar, hayvonlar, turli buyumlarsiz);

– yuzingiz aniq aks etgan bo’lishi;

– rasmiy uslubga xoslik;

– quyosh nuridan saqlovchi ko’zoynaklar ta’qiqlanadi;

– yaxshi sifatli bo’lishi

2.3. Advokat ekanligingizni tasdiqlang

Saytda advokat sifatida to’liq imkoniyatlardan foydalanish va onlayn yuridik xizmat ko’rsatish uchun bizga advokatlik litsenziyangiz va advokatlik guvohnomangizning skaner nusxasini yuboring.

Bu ma’lumotlar hech qayerda ommaviy e’lon qilinmaydi, faqatgina sizning shaxsingizni hamda yuridik xizmat ko’rsatishga vakolatli ekanligingizni tasqilash uchun foydalaniladi. >>> Advokat maqomini olish uchun so'rov yuborish

Tabriklaymiz, endi siz advokat sifatida onlayn yuridik xizmatlar portalining barcha imkoniyatlaridan to'liq imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Endi faqat 5-6 ta savolga javob berish va daromadingizni yechib olish qoldi xolos :)

Agar xatolikka duch kelsangiz, onlayn operatorga yoki support@yuridik.uz emailiga yoki telegramdagi @khamidulla akkauntiga yozishingiz ham mumkin.

Menga nima qilish mumkinligini aytadigan advokat kerak emas. Men istayotganimni qanday qilib amalga oshirishim mumkinligini ko’rsatishi uchun advokat yollayman.
Jon Pierpont Morgan (Moliyachi, tadbirkor)


Tavsiyaviy javob tuzilishi

  • Kirish qism

Bu qismda asosan mijoz bilan salomlashiladi. Quyidagi jumlalar tavsiya qilinadi: “Assalomu alaykum”, “Hurmatli”, “Bergan savolingiz uchun rahmat” va hkz.

  • Asoslantiruvchi qism

Mijozning savoliga aniq javob ko’rsatish, vaziyat bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlardan, plenum qarorlaidan iqtiboslar keltirish. Shuningdek, vaziyat yuzasidan advokatning shaxsiy mulohazasi.

  • Rezolyutsiya qismi

Asoslantiruvchi qismda ko’rsatilgan fikrlar, asoslar bo’yicha mantiqiy xulosalar, advokatning vaziyat yuzasidan mijozga beradigan maslahatlari. Mijozning vaziyatga oid huquq va majburiyatlari, mijozga tavsiya qilinadigan aniq yo’l-yo’riqlar majmui.

Yuridik konsultatsiya berish qoidalari

Yuridik konsultatsiya mijozga yordam berishga, uning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim

Umumiy talablar:

  • matn boshqa joydan ko'chirilmagan, muallifga tegishli bo'lishi lozim;
  • javob aniq, mijozga tushunarli bo'lishi kerak;
  • imlo qoidalarisiz, grammatik qoidalarga amal qilish;
  • Rasmiy, adabiy til uslubi qo'llanilishi, mijozga hurmat bilan "Siz" deb murojaat qilish;
  • javob to'liq va batafsil yortilishi (bepul savollar uchun bu qoida faqat tavsiyaviy)
  • normativ-huquqiy hujjatlardan olingan iqtiboslar alohida "iqtibos" formatidan foydalanilgan holatda ajratilib ko'rsatilishi lozim.

Quyidagilar ta'qiqlanadi:

  • boshqa advokatlarning javoblarini takorlash, qayta yozish;
  • normativ hujjatlardan tushuntirishsiz ortiqcha iqtiboslar qo'yish;
  • boshqa saytlardan matnlarni ko'chirib qo'yish va savolda ko'rsatilmagan mavzular yuzasidan ortiqcha ma'lumotlar berish.
  • saytdan chiqgan holatda o'z xizmatini taklif qilish;
  • javoblarda, izohlarda, yuklanadigan faylarda bog'lanish uchun aloqa ma'lumotlarini mijozga berish yoki ma'lumot taqdim etishga urinish;
  • mijozdan reytingi yaxshilanishi uchun ijobiy baholanishini so'rash.

P.S. Ijtimoiy tarmoqlarda, asosan Facebookda yuridik konsultatsiya berish bir qadar ommalashgan. Ammo ular o'zimizga o'xshash odamlar tomonidan maslahat tarzida beriladi va hech qanday kafolatlanmagan. Yuridik.uzda esa faqat rasmiy advokat maqomiga ega professional kasb egalarigina pullik konsultatsiya ko’rsatishlari mumkin va bu advokatlarga bo'sh vaqtni ham tekinga sarflamaslik degani 😊