Huquqshunoslar o'rtasida tanlov
Yuridik.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan huquqshunoslar – yuristlar faoliyatini baholash va rag‘batlantirish MЕZONLARI
1-bob. Umummiy qoidalar
- Yuridik.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan huquqshunoslar – yuristlar faoliyatini baholash va rag‘batlantirish mezonlari (keyingi o‘rinlarda – mezonlar) yuridik.uz huquqiy xizmat ko‘rsatish portalida (keyingi o‘rinlarda - portal) huquqshunos sifatida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar (keyingi o‘rinlarda – huquqshunoslar)ning faoliyatini baholash hamda ularni baholash natijalari asosida rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
- Huquqshunoslarning faoliyatini baholash portalga kelib tushgan bepul savollarga qanchalik tez va to‘liq javob berganlik, shuningdek savol beruvchilarning minnatdorchilik bildirganlik darajasiga asoslangan holda o‘tkaziladi.
2-bob. Baholashni o‘tkazish
3. Baholash tegishli oy yakuni bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar asosida o‘tkaziladi:
- javob berilgan savollar soni;
- savollarga javob berilgan muddat. Bunda portalga savol kelib tushgach 3 ta: 6 saotgacha, 12 soatgacha va 12 soatdan keyingi bo‘lgan muddatlar belgilanadi;
- javobni normativ hujjat asosida asoslantirilganligi;
- savol beruvchilar tomonidan bildirilgan minnatdorchiliklar.
4. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha huquqshunoslar faoliyati portaldan olingan ma’lumotlar asosida quyidagicha baholanadi:
5. Huquqshunoslar faoliyati yuqorida keltirilgan baholash ballarining umumiy yig‘indisi asosida baholanadi va eng yuqori ball olgan uch nafar huquqshunoslar rag‘batlantiriladi.
6. Ballar quyidagi jadvalga qo‘yilib hisoblab chiqiladi:
Jadval onlayn tarzda quyidagi sahifada yangilab boriladi => http://bit.ly/yuridikuztanlov
3-bob. Rag‘batlantirish tartibi
7. Baholash natijalariga ko‘ra eng yuqori ball olgan uch nafar huquqshunoslar tegishli oy bo‘yicha g‘olib deb topiladi va O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan Bazaviy hisoblash miqdorining 2,25 baravari miqdoridagi mukofotni ular olgan ballariga mutanosib taqsimlagan holda mukofotlanadilar.
Masalan, eng yuqori bal olgan 3 huquqshunosdan birining bali 100 ball, ikkinchisiniki 200, uchunchisiniki 300 ball deylik. Bunda 1 o'rin sohibi umumiy mukofotning 3/6 qismini, 2 o'rin sohibi 2/6 qismini, 3 o'rin sohibi 1/6 qismini qo'lga kiratadi.
8. Pul mukofoti g‘olib tomonidan ko‘rsatilgan hisob raqamga o‘tkazib beriladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
9. Mazkur mezonlar huquqshunos uchun u portalda ro‘yxatdan o‘tgan va Foydalanish shartlari bilan tanishgan vaqtdan etiboran kuchga kiradi.
10. Keyinchalik baholash va rag‘batlantirish mezonlari va tartibi o‘zgartirib borilishi mumkin. Bu haqda foydalanuvchilar portal va boshqa tarmoqlar orqali ogohlantiriladi.
11. yuridik.uz ("Legal Innovations Centre" MChJ) xodimlari tanlovda ishtirok etmaydi. Ularning javoblari tanlovda ball hisoblash jarayonida inobatga olinmaydi