Brovzer orqali bildirishnomalar va Android ilova ( Yangilanish - 30/05/2022)
Yuridik.uz loyihasi sekinlik bilan, ammo barqaror yaxshilanib borishda davom etadi. O'tgan oy davomida brovzer orqali bildirishnomalar yuborish yo'lga qo'yildi hamda Android telefonlar uchun ilova PlayMarketga yuklandi.
Bildirishnomalar
Yurist savolingizga javob berganda yoki yurist bo'lsangiz mijoz tomonidan savolga qo'shimcha qo'shilganda xabardor bo'lish uchun endi brovzer orqali bildirishnomalar olish imkoniyati qo'shildi. Buning uchun brovzer bildirishnoma yuborish uchun ruxsat so'raganda rozilik bersangiz kifoya
Shundan so'ng savolga oid biror o'zgarish bo'lganda telefoningizga yoki kompyuteringizga bildirishnoma keladi. Bildirishnoma telefonda quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
"Savolni ko'rish uchun "Savolga o'tish" tugmasini bossangiz kifoya. Agar biror bildirishnomani o'tkazib yuborsangiz, o'tgan bildirshnomalarni saytning foydalanuvchi menyusidagi Xabarlar > Bildirishnomalar sahifasi orqali ko'rishingiz mumkin.
Android ilova
Mobil ilovalarning qulayliklari ko'p, biz ham yuridik.uzning android ilovasini ishga tushirdik. Ilovani Play Marketdan yuklab olishingiz mumkin. Playmarketdan "yuridik.uz" deb qidiring yoki ushbu havol ustiga bosing.
Har doimgidek biror muammoga duch kelsangiz, biz yordamga tayyormiz. Telegramda @yuridikuzbot orqali yoki support@yuridik.uz pochtasi orqali bog'laning.